Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident olimpiadachilarga qanchadan mablag‘ berilishini aytdi

Prezident olimpiadachilarga qanchadan mablag‘ berilishini aytdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev olimpiya terma jamoamiz a’zolarini rag‘batlantirish to‘g‘risida ham gapirdi.

«Albatta, jahonning eng yirik sport musobaqasi bo‘lmish Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishning o‘zi katta sharaf va mas’uliyat. Buni barchamiz yaxshi tushunamiz. Buning uchun qancha og‘ir dovonlardan, mashaqqatli sinovlardan o‘tish talab etiladi.

Bu gal omadi kelmagan sportchilarimizga qarata, ruhingiz tushmasin, kelgusi safar baxt sizlarga albatta kulib boqadi, deb ishonch bildirmoqchiman.

Ular ham keskin bahslarda g‘ayrat va shijoat bilan kurash olib borib, katta sinovlarda o‘z salohiyatini namoyon etganlari biz uchun muhimdir. Shuning uchun ularni ham g‘oliblar qatorida ko‘rib, chin dildan olqishlaymiz.

Biz Olimpiadaning g‘olib va sovrindorlari, ularning trenerlari hamda barcha ishtirokchilarni munosib taqdirlashga qaror qildik.

O‘zbekistonda Olimpiada oltin medali sohiblari – 200 ming AQSh dollaridan, bronza medali egalari – 50 ming AQSh dollaridan mukofot puli bilan taqdirlanishi belgilab qo‘yilganidan xabaringiz bor, albatta.

Bugun g‘olib va sovrindor sportchilarimizni tayyorlashda chinakam fidoyilik ko‘rsatgan To‘lqin Qilichev, Pavel Xan, Farhod Mirzajanov, Nurali Qobulov, Muzaffar Abdurahmonov kabi tajribali murabbiylarning nomlarini chuqur hurmat bilan tilga olamiz.

Biz Olimpiya chempionlarining trenerlarini – 40 ming AQSh dollaridan, bronza medal sohiblarining murabbiylarini 20 ming AQSh dollaridan mukofotlashni lozim deb topdik.

Agar Olimpiadada ishtirok etgan har bir sportchi ko‘p yillik og‘ir tayyorgarlik jarayonidan o‘tishini ko‘z oldimizga keltirsak, ular ham bugun g‘oliblar qatorida taqdirlanishga munosib ekaniga amin bo‘lamiz.

Shuni hisobga olgan holda, bu sportchilarimizning har birini 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirishga qaror qildik», — dedi davlat rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring