Prezident og‘ir dardga duchor bo‘lgan qizning orzusini amalga oshirdi
Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Davlat rahbari u yerdagi bemorlarning holati bilan tanishish vaqtida og‘ir dard bilan kurashayotgan qiz DAN hodimi bo‘lish orzusini aytgan edi.
Bugun o‘sha qizaloqqa IIV YHXBB boshlig‘i Olim Saidov a’zolik guvohnomasi va maxsus formani topshirdi.
Qolaversa, bu qizning davolanishi uchun barcha xarajatlarni YHXBB o‘z zimmasiga olgan.
Shu bilan birga, kasalxonadagi boshqa bolalarga ham sovg‘alar topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter