Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi ijrosini tanqid qildi

Prezident «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi ijrosini tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, ko‘p qavatli uy-joylar massivlarini bapro etish, ularni infratuzilma bilan ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish tizimini takomilllashtirish chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida «Obod qishloq» dasturi ijrosini tanqid qildi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

«Bugungi yig‘ilishda aholining yashash sharoitini yaxshilash, turar-joylarni ta’mirlash orqali, ularga munosib sharoit yaratib berish bo‘yicha aniq vazifalarni muhokama qilamiz.

Joriy yilgi «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini uy-joy bilan ta’minlash doirasida, 7 ming 794 ta qishloq va mahallada bajarilishi lozim bo‘lgan aniq ishlar belgilanib, bunga 18 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.

Bundan tashqari, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash ishlariga, yana qo‘shimcha 300 million dollar ajratdik. Natijada, birgina ichimlik suvi ta’minoti sohasida 1 ming 300 kilometr tarmoqlar qurildi va rekonstruksiya qilindi, 8,5 ming kilometr ichki yo‘llar ta’mirlandi.

O‘tgan davrda 2 ming kilometr elektr tarmoqlari tortilib, 1 mingta transformatorlar yangilandi. Lekin, barcha sohalar va hududlarda ham ishlar bir xilda sifatli bajarilayapti, deb bo‘lmaydi», — dedi Prezident.

Davlat rahbari ta’kidlashicha, jami 256 ta yoki 13 foiz ijtimoiy soha ob’yektlarining loyiha hujjatlari ishlab chiqilmagan bo‘lsa, 600 ta, ya’ni 47 foiz ob’yektlar bo‘yicha tender yakunlanmagan. Shundan 290 ta maktab, 164 ta bog‘cha, 110 ta tibbiyot muassasasi, 12 ta madaniyat, 22 ta mahalla va 2 ta sport ob’yekti.

Jumladan, Xorazmda – 36 ta (49 foiz), Namanganda – 68 ta (64 foiz), Toshkent viloyatida – 104 ta (64 foiz), Farg‘onada – 58 ta (50 foiz), Toshkent shahrida – 17 ta (85 foiz) ob’yektlar bo‘yicha tenderlar boshlanmagan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring