Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident nomidan firibgarlik qilgan shaxs aniqlandi

Prezident nomidan firibgarlik qilgan shaxs aniqlandi

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari O‘zbekiston prezidenti va Sog‘liqni saqlash vazirligi nomidan firibgarlik qilgan shaxsni aniqlashgan va ushlashgan.

Gap shundaki, bir necha oy davomida Telegramdagi kanallar va guruhlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi nomidan koronavirusga qarshi emlanganlarga 750 ming so‘mdan berilayotgani haqida yolg‘on xabarlar tarqalgandi. Biriktirilgan havolaga o‘tgan odamlar plastik karta raqami va telefoniga kelgan SMS xabarni kiritishgan, oqibatda kartasidagi pullardan ayrilgandi.

Shuningdek, noma’lum shaxs O‘zbekiston prezidenti nomidan bolali oilalarga 650 ming so‘mdan yordam puli berilayotgani haqida yolg‘on ma’lumot tarqatib, fuqarolarning pullarini o‘marib kelgan.

Tezkor tadbir davomida ushbu firibgarlardan biri toshkentlik 23 yoshli yigit ushlangan. U bir odamdan 7,5 mln. so‘m o‘margan. Ayni paytda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring