Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: Nima uchun «Lukoyl» bilan tuzilgan bitimda milliy manfaat hisobga olinmagan?

Prezident: Nima uchun «Lukoyl» bilan tuzilgan bitimda milliy manfaat hisobga olinmagan?

Foto: A’lo Abdullayev / O‘zA

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning «Lukoyl» oldida 600 mln dollar qarzi mavjudligini tan oldi va nima uchun mahsulotni bo‘lib olish to‘g‘risidagi bitimni imzolashda milliy manfaatlar hisobga olinmaganini so‘radi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 iyun kuni Senatda nutq qilar ekan, «Lukoyl» kompaniyasidan 600 mln dollar miqdorida qarz borligini tan oldi, deya xabar berdi «Gazeta.uz» muxbiri.

Reuters agentligi mart oyida O‘zbekiston «Lukoyl"dan 2018 yilda gaz yetkazib bergani uchun qarzdor bo‘lib qolgani haqida xabar qilgan edi. Kompaniya O‘zbekistonda Qandim-Xovuzak-Shodi-Qo‘ng‘irot va Janubi-Sharqiy Hisor loyihalarida mahsulotlarni bo‘lib olish sharti bilan ish olib bormoqda. Loyihalarda ishlab chiqarilgan gaz asosan Xitoyga yetkazib beriladi.

600 mln dollarlik qarz O‘zbekiston bir qism gazni ichki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelgan, mahsulotni bo‘lib olish to‘g‘risidagi kelishuvda esa qazib olinayotgan barcha gaz eksport qilinishi ko‘zda tutilgan. «O‘zbekneftgaz» o‘sha vaqtda hech qanday izoh bermagan edi.

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bugungi kunda «Lukoyl»dan ichki bozorga sotish uchun 146 dollardan gaz xarid qilib, uni aholiga 40 dollardan sotmoqda. Har bir ming kub metr o‘rtasidagi 100 dollarlik farq 600 mln dollarlik qarzni paydo qilgan.

Prezident nima uchun mahsulotni bo‘lib olish to‘g‘risidagi bitimda milliy manfaatlar hisobga olinmagani haqida savol berdi.

Avvalroq davlat rahbari neft-gaz sohasidagi korrupsiya holatlari to‘g‘risida xabar qilib, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi uchun qandaydir amaldor 80 mln dollar pora olganini ta’kidlab o‘tgan edi.

«Praym» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, martda «Lukoyl» O‘zbekiston bilan Qandim loyihasidan yiliga 5 mlrd kub metrgacha gazni ichki bozor uchun eksport netbekiga 12,5 foizlik chegirma bilan yetkazib berishga kelishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring