Prezident Moskvaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xazmati xabar berdi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ertaga, 24 iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter