Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident metroning Sergeli yo‘nalishi qurilishi bilan tanishdi (foto)

Prezident metroning Sergeli yo‘nalishi qurilishi bilan tanishdi (foto)

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi qurilishi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Uzunligi 7,1 kilometr bo‘lgan mazkur yo‘nalish Sergeli tumani aholi punktlari oralab o‘tib, Chilonzor tumanidagi Olmazor bekatiga bog‘lanadi. Temir yo‘l estakada usulida qurilib, poyezdlar yer ustida harakatlanadi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bekatlarda lift va eskalatorlar o‘rnatiladi.

Bugungi kunda loyihaning 5 kilometr qismida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari bu yerga kelib, qurilishning borishini ko‘zdan kechirdi. Metroni sifatli, qulay va xavfsiz qilib qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shu yerda Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan 9 qavatli uylar loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring