Prezident maslahatchisi: «Bizga qo‘shiq aytib yulduz bo‘lishga ishqibozlar emas, ilmga qiziquvchan yoshlar kerak»
Xalqaro Press-klubning Islom sivilizatsiyasi markazidagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayter Xayriddin Sultonov o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.
«Islom taraqqiyoti markazida bugun ishlaydigan kadrlar bormi?! Biz ularni tarbiyalashimiz kerak. Islom sivilizatsiyasi markazi haqiqiy yetuk, ilm fidoiylari markazi bo‘lishi lozim. Ilm mashaqqatlariga haqiqatan tayyor bo‘lgan fidoyi yoshlarni ko‘paytirishimiz kerak. Bir, ikki qo‘shiq aytib yulduz bo‘lishga ishqiboz yoshlarimiz ko‘p. Ammo ular bizga hech narsa bermaydi. Bizga ilmga qiziquvchan yoshlar kerak, ularni tarbiyalashimiz lozim. Islom taraqqiyot markazi O‘zbekistonning yangi rennesans davrini boshlab beradi», — degan Prezident maslahatchisi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter