Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident ma’muriyati rahbari Qozog‘istonning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Prezident ma’muriyati rahbari Qozog‘istonning yangi bosh vaziri bo‘ldi

6-fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majilisi AMANAT partiyasi tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan O‘ljas Bektenovni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi. 69 deputat yoqlab ovoz berdi, 7 nafari betaraf qoldi. Qolgan vazirlar tez orada tayinlanishi kerak.

Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Alixon Smoilovning o‘zi iste’foga chiqqanini ta’kidladi.

«Hukumat tezkor qarorlar qabul qilish va samarali qadamlar qo‘yishda yangi, muhim rol o‘ynashi kerak. Xalqimiz farovonligi yo‘lida iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishni rag‘batlantirish uchun dadil, qat’iy qarorlar qabul qilinishi lozim. Hukumat faoliyatiga yangi turtki berish kerak, buni jamoatchilik ham kutmoqda. Shu sababli men Alixon Smoilovning iste’fosini qabul qildim», – dedi To‘qayev.

Bektenovning bosh vazirlikka nomzodini hukmron partiya rahbari Erlan Koshanov taqdim etdi. Prezident buni tasdiqladi.

O‘ljas Abayevich bungacha Prezident Administratsiyasi boshlig‘i bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 5-fevral kuni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukumat iste’fosini qabul qilishga doir hujatni imzolagan va Bosh vazir vazifalarini vaqtincha Roman Vasilevich Sklyar zimmasiga yuklagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring