Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maktabiga qachon va qanaqa hujjatlar topshiriladi?

Prezident maktabiga qachon va qanaqa hujjatlar topshiriladi?

Prezident maktabining tanlovida ishtirok etish uchun xohish bildirgan o‘quvchining ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning maxsus portali (ariza.piima.uz) orqali elektron shaklda quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

  • talabgor to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
  • o‘quv yili natijasiga ko‘ra talabgor baholari (elektron) tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
  • talabgor va uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari;
  • aloqa uchun telefon raqami platformaga kiritiladi.

Hujjatlar faqat nomzod o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring