Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident korteji yana boshqa tomonga burildi. Mahalladagi holatni davlat rahbari keskin tanqid qildi

Prezident korteji yana boshqa tomonga burildi. Mahalladagi holatni davlat rahbari keskin tanqid qildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Namangan viloyat xalq deputatlari kengashi sessiyasi yakunlangach, prezident Shavkat Mirziyoyev safar dasturiga muvofiq yoshlar kutubxonasiga tashrif buyurishi lozim edi.

Ammo, davlat rahbari xuddi Farg‘onada bo‘lgani kabi kortejni boshqa tomonga manzilga burdi.

«Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, prezident korteji notekis yo‘llardan yurib, Namangan shahridagi «Bunyodkor» mahallasiga borib to‘xtagan.

«Bunyodkor»da ahvol nochor. Shavkat Mirziyoyev mahalla fuqarolar yig‘inidagi 74-sonli tayanch punktining binosini ko‘rdi, raisi bilan gaplashdi.

So‘ng, davlat rahbari mahalla fuqarolari bilan suhbatlashdi.

Davlat rahbari mahalladagi vaziyatdan qoniqmadi, holatni keskin tanqid qildi. Mutasaddilarga kerakli chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida ham kutilmaganda Farg‘ona shahar Shodiyona mahallasiga borgandi.

Prezident sektor rahbarlarining faoliyatidan umuman qoniqmasdan, Farg‘ona shahri hokimi, prokurori, ichki ishlar va soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olingandi.

Davlat rahbari bugun ham Namangan shahrini aylanishini, shahar rahbarlarining ishda qolish-qolmasligi shunga bog‘liq bo‘lishini aytgandi.

Tashrif davom etmoqda. Tafsilotlarni «Xabar.uz»da kuzatib boring.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring