Prezident issiqxonachilarga yengillik beruvchi qarorni imzoladi
Unga ko‘ra, endilikda issiqxona xo‘jaliklari tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmagani uchun 6 oy davomida qo‘shimcha penya to‘lamaydi.
Qarorda keltirilishicha, ushbu tartib, istisno tariqasida, 2022-yil 1-oktyabrdan 2023-yil 1-aprelgacha amal qiladi.
Bundan tashqari, issiqxona xo‘jaliklari tijorat banklaridan olgan kredit va ularning foizlarini mahsulot pishib-yetilgan davrda to‘lab berishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter