Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirishga doir qarorni imzoladi

Prezident ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirishga doir qarorni imzoladi

Joriy yil 24-fevral kuni imzolangan «Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko‘ra, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakulteti ochildi.

Shuningdek, 2023-yil 1-martdan 2026-yil 1-yanvargacha pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.

2023-yil 1-apreldan esa «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lishini hisoblashning yagona muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan 360 kun etib belgilandi.

2023-yil 1-martdan xom ipakni eksport qilish tartibi soddalashtiriladi.

Ma’lumot uchun, Prezident qarorida ko‘zda tutilgan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring