Prezident huzuridagi markaz direktori vafot etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori Mirzamuratov Nurlibek Yusupovich olamdan o‘tdi.
Mirzamuratov Nurlibek Yusupovich 1963 yil 4 sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida tug‘ilgan. 1990 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.
2012-2014 yillar oralig‘ida Xalq deputatlari Mo‘ynoq tumani Kengesi deputati, 2014-2019 yillar oralig‘ida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati bo‘lgan.
2018 yil oktyabr oyidan shu kungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori lavozimida samarali faoliyat yuritib keldi.
2020 yilda O‘zbekiston hukumati tomonidan «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter