Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etiladi

Prezident huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident boshchiligidagi yig‘ilish davom etmoqda. 

Olimlarimiz yaratgan 100 sentnergacha hosil beradigan paxta navlari (Buxoro, Ravnaq, Porloq, Sulton) klasterlarga yetkazilmayapti, dehqon va fermerlarimiz qaysi hosildor urug‘larni ekishni va ularni qayerdan olishni bilmayapti.

So‘nggi yillarda kunduzgi va tungi harorat bir xil bo‘lib qolayotgani, yangi turdagi hashoratlarning ko‘payib borayotgani ushbu sharoitga chidamli navlarni ko‘paytirishni taqozo qilmoqda.

G‘o‘zani o‘g‘itlashni o‘zgartirish, gerbitsid va pestitsidlarni ham tartibga solish vaqti-soati keldi.

Shu bois Prezident huzurida Innovatsiya vaziri I.Abduraxmonov boshchiligida Paxtachilik kengashi tashkil etilishi belgilandi. Kengash:

- har yili hosildor va ertapishar navlarni hududlar kesimida ko‘paytirish va ekishni har bir klaster bo‘yicha belgilab beradi;

- iqlim va harorat o‘zgarishlariga mos bo‘lgan o‘g‘itlash sxemasini ishlab chiqadi, gerbitsid va pestitsidlar qo‘llashni tartibga oladi;

- keyingi yillarda hashoratlar eng katta muammo bo‘lishini inobatga olib, ularga qarshi kurashish bo‘yicha har bir hududga mos agrotexnologiyalarni ishlab chiqadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring