Prezident huzurida yangi agentlik tashkil etildi
Prezident huzurida Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi. Agentlik bosh direktori va uning o‘rinbosarlari Prezident tomonidan tayinlanadi.
Boshlangan islohotlarni amalga oshirish, ularni bir mantiqiy chiziqqa terish hamda samarali yakuniga yetkazish maqsadida Prezidentning tegishli farmoni bilan Strategik rivojlanish agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi.
Agentlikning asosiy vazifalari etib, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish takliflarini ishlab chiqish, ularni tashkil etish va nazorat qilish belgilanmoqda.
Shuningdek, islohotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda ularning samaradorligini baholash, rasmiyatchilik, sansalorlik va korrupsiyaviy holatlarga sharoit yaratuvchi tizimli muammolarni aniqlash, bartaraf etish choralarini ko‘rish ham agentlik vazifalaridan.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyevning shaxsan raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi tuzildi. Kengashga bir qator vakolatlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter