Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident hammasini biladi: ko‘chat ekishdagi qo‘shib yozish va ko‘zbo‘yamachiliklar

Prezident hammasini biladi: ko‘chat ekishdagi qo‘shib yozish va ko‘zbo‘yamachiliklar

Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda «Yashil makon» dasturi doirasida bahorda 125 million tup ko‘chat ekish rejasi haqida gap borgan. Joylarda haqiqatda ekilmagan jami 5 million tup ko‘chatlarni hisobotda qo‘shib yozish holatlari borligi aytilgan.

«Mavsum tugashiga ham ozgina vaqt qoldi. Lekin bu borada qilingan ishlar ahvoli meni xavotirga solmoqda. Ayrim hududlarda hali ham ishlar nomigagina tashkil etilib, ko‘zbo‘yamachilik davom etayotgani to‘g‘risida menda ma’lumotlar yetarli», degan prezident.

Shu bois mutasaddilarga aprel oyida barcha qoloqliklar va kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish topshirilgan. Umuman, aprel oyi yakuniga qadar viloyat hokimlari tegishli idoralar bilan birga:

  • tumanlardagi yirik mahallalarga 20-30 ming, o‘rta mahallalarga – 10-15 ming, kichiklariga – 3-5 ming terak qalamchalari;
  • shaharlarning har bir mahallasiga 3-5 ming terak qalamchalari ekilishini ta’minlashi;
  • avtomobil yo‘llari bo‘yida kamida 5 million tup terak ko‘chatlari va qalamchalari ekishi kerak.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Innovatsion rivojlanish va Qishloq xo‘jaligi vazirliklariga terakning allergiya chaqirmaydigan navlarini ekish bo‘yicha hududlarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berishni topshirgan.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida 5 yoshdan kam bo‘lmagan mevali va manzarali daraxtlarni tartibli bir tekisda o‘stirish uchun yangi tajriba boshlangan. Viloyat hokimlari ushbu tajribani o‘rganib, o‘zida joriy qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring