Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident gapiga loqaydlik qilish navbati Surxondaryo hokimiga keldi

Prezident gapiga loqaydlik qilish navbati Surxondaryo hokimiga keldi

To‘ra Bobolov

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov tashkilot rahbarlari va xodimlarini kecha, 3-avgust kuni soat 6:00 da M39 avtomobil yo‘li bo‘ylab begona o‘tlardan tozalash, gul ekish va sug‘orish ishlari uchun majburlagan.

Bu haqda huquqshunos-bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berib o‘tdi. Viloyat hokimi bu haqda 2-avgustda topshiriq xati chiqargan.

Biroz avvalroq Andijon hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning ana shunday topshiriq xati haqida xabar bergandik.

Eslatib o‘tish kerak, 30-iyul kuni prezident «Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi.

Unga ko‘ra, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tashkil etilgan edi. Komissiya rahbari Senat raisi Tanzila Norboyeva bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring