Prezident bugun Jizzaxga boradi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari sanoatning yuqori texnologik tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan loyihalar, mahallalarda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi. Yangi korxonalar qurilishiga start berish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini muhokama qilish ham rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter