Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Bosh prokuratura mas’ullari faoliyatidan norozi ekanini aytdi

Prezident Bosh prokuratura mas’ullari faoliyatidan norozi ekanini aytdi

Foto: «Xabar.uz»

Shavkat Mirziyoyev huzurida yer hisobi va davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish boshlangani haqida xabar berilgandi.

«Hokimlar bir narsani o‘ziga yozib olsin. Dehqon xo‘jaligi uchun yerlar faqat tanlov asosida ushbu mahallada yashaydiganlarga, «daftarlar»ga kirganlarga, dehqonchilik tajribasiga ega bo‘lganlarga ustuvorlik asosida beriladi»dedi yig‘ilishda Prezident.

Shu bois, viloyat hokimlariga bir oy muddatda kelgusi yilda aholiga ijaraga beriladigan 80 ming gektar yerni, eng avvalo, zaxiraga qaytargan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, lotlarga bo‘lib, tanlovga chiqarish topshirig‘i berildi.

Davlat rahbari yer sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha Bosh prokuratura tegishli mas’ullarining faoliyatidan mutlaqo norozi ekanini ta’kidladi: «Qonun bilan hamma vakolatlar belgilab berildi, javobgarlik bir necha karra kuchaytirildi. Lekin, amal qani?»

Avvalroq aksariyat muammoli masalalar orqasida pora va korrupsiya turgani aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring