Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bolalar bog‘chalari va maktablarga kuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident bolalar bog‘chalari va maktablarga kuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi 2-ichki ishlar bo‘linmasini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Zamonaviy bo‘linma binosida militsiya xodimlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Shahardagi hamma uchastka nozirlari uy-joy, yengil avtomashina bilan ta’minlangan.

— Huquq-tartibot idoralari odamlarning osoyishtaligini, jinoyat bo‘lmasligini kafolatlashi kerak. Buning uchun yurish, har bir holatdan xabardor bo‘lish zarur. Militsiya mahalla bilan birga ishlasa, jinoyatchilik bo‘lmaydi, — dedi Prezident.

Shahar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion tizimlar, militsiya xodimlari o‘rtasidagi mobil aloqa dasturi bilan tanishdi.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, yo‘l-transport tizimini tartibga solish, bu borada Jizzaxda ham Toshkent shahri tajribasini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Profilaktika inspektorlarini axborot texnologiyalariga o‘qitish, bu bo‘yicha ilmiy-amaliy qo‘llanma yaratish zarurligi qayd etildi.

Davlat rahbari mazkur bo‘linmada «Zargarlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va profilaktika inspektori bilan suhbatlashdi. Jamoat joylariga, birinchi navbatda, bolalar bog‘chalari va maktablarga kuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring