Prezident BMT minbarida nutq so‘zlaydi

Davlatimiz rahbari keyingi haftada Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlaydi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezidentimiz xalqaro hamjamiyatni nafaqat yurtimizdagi islohotlar jarayoni, inson huquqlari, ijtimoiy-siyosiy modernizatsiya sohalarida erishilgan natijalar bilan tanishtiradilar, balki ham mintaqaviy, ham global ahamiyatga ega qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston yetakchisi tashrif doirasida AQSh Prezidentining taklifiga binoan o‘tkaziladigan «S5+1» formatidagi AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlatimiz rahbari 14-15 sentyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi, beshinchi Maslahat uchrashuvi hamda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida ishtirok etishi xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter