Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bir qator ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi

Prezident bir qator ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident bir qator ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi. Bu haqdagi farmon prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

«Mardlik» ordeni bilan

Isamov Abdulxamid Mirzayevich - Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori

«Do‘stlik» ordeni bilan

Arzuyev Jambil Jumabayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani ichki ishlar bo‘limi 1-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i

Jumayeva Alyona Shuxratovna - Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti

«Jasorat» medali bilan

Asqarov Ulug‘bek Umaraliyevich - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi

Axmedov Farruxjon Bayonovich - Samarqand viloyati Urgut tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Niyozov Bekzod Xoliqovich - Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili

Raximov To‘lqinjon Farxadovich - Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta tezkor vakili

Suvanov Jamshid Eshpulatovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘i

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Asadov Azizbek Karomatovich - Buxoro viloyati Olot tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

Asanov Sabirdjan Jakayevich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi

Bahromov Bektemir Raxmonovich - Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Qurbonov Farxodjon Raximovich - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi

Norqo‘ziyeva Shaxlo Primqulovna - Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani ichki ishlar boshqarmasi probatsiya bo‘linmasi katta inspektori

Sultanov Anvar Abidxodjayevich - Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Raximov G‘ulombek Babaxanovich - Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi maxsus qabulxona katta nazoratchisi

Shermuxamedov Abdumajid Mavlyanovich - Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Yusupov Abdullo Abduraxmonovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

«Shuhrat» medali bilan

Davranov G‘olibjon Isomidinovich - Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

Djabbarov Farxod Axmadovich - Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi

Ishpulatov Abbos Nurmamatovich - Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani ichki ishlar bo‘limi 2-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i

Miraxmedov Abror Onarboyevich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

Mo‘minov Bo‘riqul Yodgorovich - Qashqadaryo viloyati Koson tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

Palimbetov Baxtibay Jangabayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

Ryumin Aleksey Aleksandrovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘ining o‘rinbosari

Tulanov Abdumuxtor Ruzimatovich - Andijon viloyati Marhamat tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring