Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi vakillari Belarusdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

Adliya vazirligi vakillari Belarusdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

Foto: Adliya vazirligi jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan «Adliya organlarining huquqiy davlatni shakllantirishdagi roli» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi xabar qildi.

Mazkur konferensiya Belarus Respublikasi Adliya vazirligining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Uning ishida Belarus, Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya adliya organlari rahbarlari, huquq va xalqaro munosabatlar, advokatura, notariat, parlamentariy sohasidagi dunyoning yetakchi ekspertlari qatnashdi. Ular tomonidan adliya sohasini rivojlantirishning muhim tendensiyalari ko‘rib chiqildi, yuridik xizmatlar va mediatsiya sohalarini tashkil etish hamda rivojlantirish bo‘yicha fikr va tajriba almashildi. Davlat tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini tashkil etish masalalariga doir konstruktiv muloqot bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov tadbirda mamlakatimizda Harakatlar strategiyasiga muvofiq sud-huquq tizimida, shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarga bag‘ishlangan ma’ruza bilan chiqish qildi. 

Konferensiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi birinchi Minsk shahar notarial idorasida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi va ushbu soha bo‘yicha fikr almashishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring