PPX xodimlari ishtirokidagi «ko‘cha jangi» yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida PPX xodimlarining ko‘chada fuqarolar bilan mushtlashgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, 2020-yilning 31-dekabr kunidan 2021-yilning 1-yanvar kuniga o‘tar kechasi soat 04:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqumiy ko‘chasida «Matiz» rusumli avtomobil haydovchisi YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangan.
«Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil beton to‘siq ustiga chiqib to‘xtagan. Avtomashinada bo‘lgan 4 nafar fuqaro hodisa joyiga yetib kelgan IIBB YPX va PPX xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan o‘tkir tig‘li jismlar bilan qarshilik ko‘rsatgan.
Fuqarolardan bir nafari ushlanib tuman IIBga olib kelingan. Qolgan 3 nafar fuqaro hodisa joyidan yashiringan.
Hozirda barcha fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilib, hodisa yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter