Poytaxtning 3 ta tumanida aholi vaqtincha elektrdan uzib turiladi
Bugun, 25-mart kuni Toshkent shahrining 3 ta tumani ayrim hududlarida vaqtinchalik elektr ta’minotidan uzilish kuzatiladi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJga ko‘ra, bu iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida olib boriladigan texnik ishlar bilan bog‘liq.
Elektr ta’minotidan uziladigan hududlar:
- Bektemir tumani «Nurafshon» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Yakkasaroy tuman «Shoxjahon» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Yashnobod tumani «Besh bola» MFning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
«O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz», – deyiladi «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter