Poytaxtning 2 gektar qismida yangi shahar barpo etiladi
Prezidentning «Milliy musiqa cholg‘ularini ommalashtirish va ishlab chiqarish sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Milliy cholg‘ularni ishlab chiqarish sozgarlar shaharchasi barpo etiladi. Buning uchun Toshkent shahridan 2 gektar yer maydonini ajratish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 2023-yil 1-fevralga qadar sozgarlar shaharchasini barpo etish, jumladan, milliy cholg‘ular muzeyi, «Hunarmand» uyushmasi sub’yektlari (a’zolari) sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 20 ta usta-hunarmandlarning har biriga alohida milliy musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan bino inshootlarni, xususan, musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarish sexlari, quritish xonalari, ombor xonalari hamda tayyor mahsulotlarni sotish uchun do‘konlar, bundan tashqari «Hunarmand» uyushmasi sub’yektlari (a’zolari) sifatida ro‘yxatdan o‘tgan usta-hunarmandlar uchun yashash xonadonlarini qurish, jihozlash hamda sozgarlar shaharchasi atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga 65 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Shu bilan birga, milliy musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarishda xom-ashyo sifatida ishlatiladigan noyob daraxtlar turlarini yetishtirish uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidan 10 ga yer maydoni ajratish ham belgilanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter