Toshkent shahri suv ta’minotidagi uzilishlar sababi ma’lum bo‘ldi

Poytaxt aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi «Qodiriya» bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta’minotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o‘chish holati yuzaga keldi. Bu haqda «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ xabar berdi.
Shu tufayli Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suv ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda.
«Hozirgi vaqtda elektr ta’minoti qayta tiklandi, ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda. 2-3 soatda Toshkent shahri suv ta’minoti o‘z maromiga qaytadi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter