Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtdagi gavjum ko‘chada yashil transport yo‘lagi tashkil etilishi mumkin

Poytaxtdagi gavjum ko‘chada yashil transport yo‘lagi tashkil etilishi mumkin

Poytaxtning eng gavjum ko‘chalaridan birida yashil transport yo‘lagini yaratish taklif qilindi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimligida yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan uchrashuvda «Toshkent shahrida kam uglerodli transportga investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish» loyihasi taqdim etilgan.

Loyiha Global ekologik fond va BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida ishlab chiqilgan bo‘lib, poytaxtning eng gavjum ko‘chalaridan biri Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab yashil transport yo‘lagini yaratishni sinov tariqasida taklif qilinmoqda.

Shuningdek, Xitoyning «CRRC Group» kompaniyasi vakillari ishlab chiqarilayotgan transport vositalari haqida batafsil ma’lumot bergan. Xususan, g‘ildirakli tramvaylarning afzalliklari, qulayligi, samaradorligi va sig‘imi haqida so‘z yuritilib, ularni poytaxt transport tizimiga integratsiyalashuvi taklif etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring