Poytaxtdagi yerosti yo‘lida shift devori ko‘chib tushdi
Kecha, 12-avgust kuni soat taxminan 14:30 larda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yerosti yo‘llaridan birida kompozit paneldan iborat shift devori ko‘chib tushgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, voqea oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Holat Buyuk ipak yo‘li metro bekati yaqinida sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, yerosti yo‘li ustidagi chimlarni sug‘orish jarayonida pastga suv oqishi oqibatida shift devori qulab tushgan. Qulagan joyi katta bo‘lmagani aytilgan.
Bir necha daqiqadan keyin hudud tozalangan va odamlar qatnovi davom ettirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter