Poytaxtdagi daraxtlar holati dronlar orqali nazorat qilinadi
Pilotsiz uchish apparatlarini Toshkent shahar xaritasidagi daraxtlarning holatini aniqlash uchun uchirish va amaldagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish uchun «O‘zbekkosmos» agentligining resurslari ulanadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahar hokimligida ochilishga tayyorlanayotgan Vaziyatlar markazi shu va boshqa imkoniyatlar bilan tanishdi.
Toshkent shahar hokimining Axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Abdullayev va uning xodimlari mehmonga «Raqamli Toshkent» platformasida tashkil qilingan Vaziyatlar markazining asosiy imkoniyatlarini namoyish qildilar.
Shahar xaritasining turli qatlamlari va statistika ma’lumotlarini tezkor olish imkoniyatlari ko‘rsatildi. Xususan, bu tanlangan hududdagi demografiya, daromad darajasi, xususiy va ko‘p qavatli turar joy binolari hamda noturar ob’yektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Ulkan ekranda so‘rovga asoslangan holda axborot ko‘rsatiladi: shahar mahallalari, mikrohududlar va ularga biriktirilgan maktablar, transport imkoniyatlari bo‘yicha xaritalar, aeroportgacha borish imkoniyati, kiritilgan parametrlarni hisobga olgan holda shahar hududlarining «qulayligi», yo‘l-ta’mirlash yoki quvurlarda profilaktika ishlari olib borilayotgan manzillar va boshqa vaziyatlar.
Sherzod Shermatovni ma’lumotlar dolzarbligi, XTB, FVV, YHXBB ma’lumotlar bazalari bilan aloqa samaradorligi, xaritaning manzillar reyestri bilan integratsiya masalalari qiziqtirdi. Shaharda ehtimolli kasalliklar o‘chog‘ini va potensial nomaqbul hududlarni tezkor aniqlash uchun «Tez yordam» xizmatidan olingan ma’lumotlarni aks ettirish istagi bildirildi.
Amalga oshirilishi uchun ba’zi qonunchilik hujjatlariga kiritish zarur bo‘lgan o‘zgartirishlar, muhandislik tarmoqlariga ulanish nuqtalarini ko‘rsatish imkoniyati hamda turli xizmatlar bilan hamkorlikning texnik masalalari muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter