Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt hududida ayrim toifa transport vositalari harakati cheklanishi mumkin

Poytaxt hududida ayrim toifa transport vositalari harakati cheklanishi mumkin

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Toshkent shahar ko‘chalaridagi tirbandlikning oldini olish maqsadida transport vositalari harakatini tartibga solish to‘g‘risida»gi poytaxt hokimi qarori loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahar ko‘chalaridagi tirbandlikning oldini olish maqsadida poytaxt hududida N1 toifali (yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan) avtotransport vositalaridan yuqori transport vositalari harakati tig‘iz vaqtlarda, ya’ni ertalabki soat 07:00 dan 10:00 gacha, kechki soat 17:00 dan 20:00 gacha cheklash belgilanmoqda.

Shuningdek, markaziy ko‘chalar bo‘ylab tirkamali aravalar (ot yoki boshqa hayvonlarga qo‘shib tortiladigan yoki odam mushak kuchi bilan harakatga keltiriladigan dvigatel bilan jihozlanmagan, yuk tashishga mo‘ljallangan qurilma)ning harakatini cheklash ham ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasi muhokamasi 2021-yilning 5-yanvariga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring