Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt hokimligi aholiga murojaat bilan chiqdi

Poytaxt hokimligi aholiga murojaat bilan chiqdi

Foto: Xabar.uz

Poytaxt hokimligi aholiga murojaat bilan chiqdi.

Yo‘l ta’mirlash ishlari sababli, Toshkentning qator ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanib, yo‘llarning bir tarafi yopiladi:

— Yunusobod tumanidagi Bog‘ishamol ko‘chasi;
— Shayxontohur tumanidagi Labzak ko‘chasi;
— Olmazor tumanidagi Zarqaynar ko‘chasi;
— Olmazor tumanidagi Sag‘bon va Abdulla Nabiyev ko‘chalari chorrahasi;
— Uchtepa tumanidagi Istirohat ko‘chasi.

Mazkur ko‘chalarda 15-aprel kuni soat 6:00 dan boshlab transport harakati to‘liq tiklanadi.

«Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz» , deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring