«Poyga» davom etadi: Ilon Mask yana Bezosni ortda qoldirdi

Tesla va SpaceX rahbari bo‘lgan amerikalik tadbirkor Ilon Mask yana dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Bloomberg agentligi qayta hisob-kitoblardan so‘ng xabar bergan.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Maskning boyligi hozirda 199,9 milliard dollarni tashkil qilmoqda, bunga SpaceX qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishning navbatdagi bosqichi natijalari sabab bo‘lgan. Natijada kompaniya taxminan 850 million dollar yig‘ib, umumiy qiymati taxminan 74 milliard dollarga yetgan.
Shunday qilib, Mask yana milliarderlar ro‘yxatidan Amazon rahbari Jeff Bezosni ortda qoldirdi. Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Bezos 194,2 milliard dollarga teng mol-mulkka ega.
Agentlik tomonidan tuzilgan dunyodagi eng boy odamlarning reytingi har kuni AQShdagi birja savdolari natijalariga ko‘ra yangilanadi. Birja savdolari odatda AQShning Sharqiy sohili vaqti bilan soat 16: 00da tugaydi.
Avvalroq Jeff Bezos dunyoning eng boy odamlari ro‘yhatida peshqadamlikni egallab olgani haqida aytib o‘tgan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter