Po‘stlog‘i bilan yeyiladigan banan yetishtirildi

Yaponiyada po‘stlog‘i bilan yeyiladigan banan yetishtirildi.
Yapon kompaniyasi yetishtirib sotuvga chiqargan, po‘stlog‘i ham yeyiladigan bananga «mongi» (yapon tilida «juda zo‘r», «qoyilmaqom» degan ma’nolarni anglatadi) deb nom berildi.
Banan daraxtlari «D&T Farm Tetsuya Tanaka» firmasi tomonidan yetishtirilmoqda. Ekstremal muzlatish (–60 °S gacha) va eritish texnologiyasi qo‘llanilishi natijasida o‘simliklar o‘ta tez o‘smoqda, mevalari ham shunga yarasha: po‘stlog‘i yupqa — «salat bargi»ni eslatadi.
Ishlab chiqaruvchilar banan po‘chog‘ining foydaliligiga alohida urg‘u berishmoqda — tarkibida B6 vitamini, magniy, triptofan bor. Shirin mazasini esa ananasnikiga o‘xshatishyapti.
Endi kamchiligi: bunaqa bananlarni yetishtirish o‘ta qimmat. Bir donasining o‘rtacha narxi — $5,75. Mongi sotuvchi yagona do‘kon hozircha haftasiga bor-yo‘g‘i o‘n donasini olyapti. Hatto bu mevalarni chet elga eksport qilish haqida ham o‘ylab qo‘yishgan, ammo hozircha bu orzu, deya xabar beradi «New York Post».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter