Portugaliyada to‘qqiz ayol vazirlik lavozimlarini egalladi
Portugaliya bosh vaziri Antoniu Koshta mamlakat hukumatining yangi tarkibini tanishtirdi.
Mamlakat prezidentining saytida e’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, hukumat bosh vazir va 17 nafar vazirdan tashkil topadi. Vazirlarning to‘qqiz nafari, jumladan, mudofaa vaziri — ayol kishi.
Mudofaa vaziri — Helena Karreyras 1965-yili Portugaliyaning Portalegri shahrida tug‘ilgan. Harbiy sotsiologiya bo‘yicha mutaxassis, NATO mamlakatlari qurolli kuchlarida gender integratsiyasi siyosati mavzusida dissertatsiya yoqlagan. Karreyras 2019-yilning iyulida Mudofaa milliy institutiga rahbar etib tayinlangan ilk ayol kishi bo‘lgandi.
Portugaliya yangi hukumatining inauguratsiya marosimi kelgusi haftada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter