Porox zavodidagi portlashda 16 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Ryazan shahri yaqinidagi porox sexida portlash sodir bo‘ldi. Xabar berilishicha, sex ishchilarining deyarli barchasi halok bo‘lishgan. Bu haqda «Interfaks» ma’lum qildi.
Qurbonlar soni 16 kishini tashkil etgan. «Yong‘in joyini tekshirish paytida tirik qolganlar topilmadi», deydi manba.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, «aholi uchun hech qanday xavf yo‘q». Zavoddagi yong‘in bartaraf etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter