Pompeo: «Tramp Shimoliy Koreyaga yorqin kelajak va’da qilmoqda»
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo agar Shimoliy Koreya yadroviy qurollardan butunlay voz kechsa, Tramp bu davlatga yorqin kelajak va’da qilganini aytdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Prezident Tramp Shimoliy Koreyaga yorqin kelajak va’da qildi. Buning uchun ushbu mamlakat yadroviy qurollardan butunlay voz kechishi kerak», – degan Mayk Pompeo Pxenyanda Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxol bilan ikkinchi uchrashuvi arafasida.
Bugun Pompeo va Shimoliy Koreya mulozimlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda yadroviy qurollardan voz kechish va o‘zaro munosabatlarni me’yoriga keltirish bo‘yicha muzokalar o‘tkazildi.
Birinchi uchrashuv kecha uch soat davom etgan edi.
Bugun kechki payt Mayk Pompeo Tokioga yo‘l oladi. Kunchiqar yurtda Yaponiya va Janubiy Koreya tashqi siyosat mahkamalari raislari bilan uchrashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter