Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pompeo: koronavirus Uxan laboratoriyasidan tarqalganini tasdiqlovchi dalillar bor

Pompeo: koronavirus Uxan laboratoriyasidan tarqalganini tasdiqlovchi dalillar bor

Foto: «informator.press»

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Vashington yangi koronavirus Xitoyning Uxan shahar laboratoriyasidan tarqala boshlaganini tasdiqlovchi yetarlicha dalillarga ega. Virusning sun’iy kelib chiqishi haqida u «ABC News»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Virus Uxandagi laboratoriyadan tarqala boshlaganini isbotlovchi juda ko‘p dalillar bor. Dunyoning eng yaxshi ekspertlari haligacha virus odam tomonidan yaratilgan deb hisoblaydi va bunga ishonmaslik uchun ayni vaqtda menda hech qanday asos yo‘q», — dedi Pompeo.

Biroq AQSh davlat kotibi olimlarning DNK tahlillariga asoslangan virusning tabiiy kelib chiqishi haqidagi bayonotlari bilan tanishligi va ularning aniqligiga shubha qilmasligini ham qo‘shib qo‘ygan. Keyin esa infeksiya qasddan tarqatilganmi yoki biror voqea bilan bog‘liqmi degan savolga javob berishdan bosh tortgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring