Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polvonov viloyat «GAI»lari bilan gaplashib oldi

Polvonov viloyat «GAI»lari bilan gaplashib oldi

Xorazm viloyat sudi raisi Bahodir Polvonov viloyat IIB YHXB xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Shunga ehtiyoj sezilibdimi, demak, bunday tadbir uyushtirilishi bejiz emas.

Yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy yoki jinoyat ishlariga oid holatlarda YHX xodimlarining sudyalar bilan yo‘llari kesishi aniq.

Ayni jarayonda turli tushunmovchilik yoki muayyan vaziyat bo‘yicha huquqiy yechimga ehtiyoj sezilishi ehtimoli yuqori. Shunday ekan, bu borada tegishli tushuntirishlar berilishi sud majlisida bo‘ladigan «janglar»-u turli shikoyatbozliklarning oldini olinishi mumkin.

Zero, yil sayin qonunlar takomillashib bormoqda, bu esa hammadan, xususan, huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlaridan ham o‘z ustida izchil ishlashini taqazo etmoqda. Shuningdek, endi haydovchilar ham endi anoyi emas, ular tegishli organ xodimning nafaqat tegishli hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirishi, balki munosabat-muomalasidan kelib chiqib, sudga murojaat qilishi odatiy holga aylanayotir.

Xullas, jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar aholi bilan bevosita ishlovchi tizim xodimlarini yanada xushyor torttirmog‘i, aks holda buning oqibatlari haqida sud raisi tomonidan berilgan tushuntirishlarning salmog‘i o‘zgacha bo‘ladi.

Shu nuqtai nazardan Xorazm viloyati IIB YHXB va viloyat sudi o‘tkazgan ochiq muloqot kutilgandan ziyoda samara bersa, ne ajab. Zero, maqsad bitta – jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlashdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring