Polsha iqlim vaziri ishxonasi va uyida haroratni pasaytirdi
![Polsha iqlim vaziri ishxonasi va uyida haroratni pasaytirdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_1756489811.jpeg)
Polsha iqlim va atrof-muhit vaziri Anna Moskva.
Polsha iqlim va atrof-muhit vaziri Anna Moskva ishxonasi va uyidagi havo haroratini 19 darajagacha tushirdi.
Vazirning aytishicha, elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish uchun u ishxonasi va uyidagi haroratni atayin pasaytirgan.
U o‘zi rahbarlik qilayotgan idora kun tartibida xarajatlarni iqtisod qilishda yordam beruvchi choralar ro‘yxati borligini ta’kidladi.
«Masalan, kechasi vazirligimizda ventilyasiyalar o‘chiriladi. O‘ylashimcha, bu vaqtinchalik iqtisod qilishmas, balki yaxshi amaliyotga aylanadi», — dedi u.
Polshada 2023-yil 1-yanvaridan yangi qonun kuchga kirdi. U davlat organlari rahbarlariga o‘zlarining qo‘l ostidagi obyektlarda elektr energiyasi safini 10 foiz kamaytirish mujburiyatini yuklaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter