Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Politsiya tarixidan. Tezlikni oshirganlik uchun ilk jarima qachon to‘langan?

Politsiya tarixidan. Tezlikni oshirganlik uchun ilk jarima qachon to‘langan?

Foto: IIBB matbuot xizmati

Angliyada 1865 yilda o‘zi harakatlanadigan barcha aravalarga, xususan, ilk avtomobillarga ham tezlikni cheklash bo‘yicha qonun qabul qilinadi.

Unga ko‘ra shahar ichida harakatlanish tezligi soatiga 3 kilometrdan oshmasligi kerak edi. Shahar tashqarisida esa soatiga 6 kilometr tezlik bilan harakatlanish mumkin bo‘lgan.

Avtomobil ekipaji 3 kishidan iborat bo‘lishi va ulardan biri 50 metr oldinda qizil bayroq bilan yurishi shart bo‘lgan. Tungi vaqtlarda esa qizil bayroq o‘rnini qizil chiroq egallashi lozim edi.

Faqat oradan 31 yil o‘tib bu qoidalar yengillashtirildi. Suratda esa tezlikni oshirgani uchun eng birinchi jarima to‘lagan haydovchi va uning avtomobilini ko‘rib turibsiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring