Po‘lat Bobojonovning o‘rinbosari ishdan olindi
Prezident mahallada jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangicha ish tartibini belgilab berdi.
Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligiga:
- jinoyat qilishga moyilligi bor og‘ir ahvoldagi aholi bilan «ijtimoiy profilaktika» tamoyili asosida ishlash bo‘yicha «mahalla beshligi»ning vazifalarini aniq belgilab berish;
- yosh toifasi, ijtimoiy va moddiy ahvolidan kelib chiqib, ularning har bir guruhi uchun alohida metodika ishlab chiqish topshirildi.
Endi profilaktika inspektori hududida jinoyat qilishga moyilligi bor shaxslarni aniqlaydi, «mahalladagi beshlik»ularning muammolarini hal qiladi.
Tizimda raqamlashtirish ahvoli qoniqarsizligi tanqid qilindi. Ichki ishlar vazirining bu masalalar uchun mas’ul o‘rinbosari zimmasiga yuklatilgan birorta vazifa oxirigacha yetkazilmagani ko‘rsatib o‘tildi va shu munosabat bilan vazir o‘rinbosari N.To‘raxojayev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Avvalroq Bosh prokuror va IIV birinchi o‘rinbosarlariga hayfsan berilgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter