Po‘lat Bobojonov o‘rniga uning o‘rinbosari O‘FA vitse-prezidenti bo‘ldi
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda ikki nafar vitse-prezident almashdi. Tribuna.uz xabariga ko‘ra, Umid Ahmadjonov va Po‘lat Bobojonov iste’fosi tasdiqlandi.
Avvalroq Ahmadjonov o‘rniga Ravshan Ermatov birinchi vitse-prezident etib saylangani xabar qilingandi. IIV rahbari Bobojonovning o‘rnini esa uning o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev egallagan.
Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev dekabr oyida Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Ichki ishlar vazirining Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 15 iyul kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida muddatidan oldin hisobot-saylovi bo‘lib o‘tadi. Unda tashkilot prezidenti Ochilboy Ramatov o‘rniga boshqa rahbar saylanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter