Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonga qurg‘oqchilik xavf solmoqda

Pokistonga qurg‘oqchilik xavf solmoqda

Illyustrativ foto

Pokistonda yog‘in miqdori kamayib, mavsumiy me’yorga nisbatan 62 foizgacha qisqarishi bahorgi qurg‘oqchilikka sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Pokiston meteorologiya departamenti bayonot berdi.

Xabarga ko‘ra, 2024-yilning 1-sentyabridan 2025-yilning 24-martiga qadar yog‘in miqdori mavsumiy darajaga nisbatan o‘rtacha 40 foiz kam bo‘lgan. Yog‘in qisqarishi mamlakat hududlarida: Sind — 62 foizgacha kam, Belujiston — 52 foiz, Panjob — 38 foiz, Haybar-Paxtunxva — 35 foiz.

Yaqinda yoqqan yomg‘ir Sinddagi vaziyatni bir oz yaxshiladi, biroq Belujiston va Panjobda qurg‘oqchilik davom etmoqda.

Qurg‘oqchilik Pokiston uchun doim jiddiy sinov bo‘lib kelgan. Buning ikkita sababi bor.

Birinchidan, butun mamlakat Hind daryosi va uning irmoqlariga juda kuchli bog‘lanib qolgan, shuning barobarida, yildan-yilga suv iste’moli oshmoqda, daryo esa har yili deyarli bir xil suv beradi.

Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi Pokiston yalpi ichki mahsulotining to‘rtdan bir qismini va mamlakatdagi bandlikning 37 foizini tashkil etadi. Biroq suv iste’moli ifratuzilmasini va suvni tejovchi muhandislik inshootlarini barpo etish uchun ulkan mablag‘ kerak. Hozirgi iqtisodiy vaziyatda Pokiston uchun bu ilojsiz masala.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring