Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokiston ichki ishlar vaziriga suiqasd uyushtirildi

Pokiston ichki ishlar vaziriga suiqasd uyushtirildi

Pokiston ichki ishlar vaziri Ahsan Iqbolga Navarol hududida suiqasd uyushtirildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Mahalliy matbuot Pokiston ichki ishlar vaziri Ahsan Iqbolga qurol bilan suiqasd uyushtirilganini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 59 yoshli vazir Navarol hududida aholi bilan uchrashgandan so‘ng mashinasiga ketayotib yelkasidan o‘q yegan.

Shifoxonaga yotqizilgan vazirning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

22 yoshli jinoyatchi politsiyaga taslim bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring