Pokiston-Hindiston: AQSh tomonlarni murosaga chaqirdi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Hindiston va Pokistonni o‘rtadagi ziddiyatni yumshatish uchun o‘zaro hamkorlikka chorladi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Rubio Hindiston tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar hamda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefonda muloqot qildi. Uning ta’kidlashicha, Vashington Hindistonni ekstremizmga qarshi kurashda qo‘llaydi, Pokiston esa bahsli Kashmir hududida 26 kishini o‘ldirgan jangarilar bo‘yicha tergovda Hindiston bilan hamkorlik qilishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter