Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokiston-afg‘on chegarasi: hafta ichida 4-qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Pokiston-afg‘on chegarasi: hafta ichida 4-qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Afg‘oniston-Pokiston chegarasida joylashgan Paktiya provinsiyasi Dand-o-Patan tumanidagi Xarlachi nazorat punktida bir hafta ichida 4-to‘qnashuv yuz berdi.

Etilaatroz nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Afg‘oniston tomonidan halok bo‘lgan 3 kishi va 12 yarador qo‘shni Chamkani tumanidagi shifoxonaga, yana 3 nafar yarador va 2 nafar halok bo‘lganlar esa viloyat markazi Gardez shahridagi kasalxonaga yetkazilgan.

Ular orasida Tolibon harbiylari va tinch aholi ham bor. Mahalliy universitet talabalari qurbonlar uchun qon topshirishni tashkil qilishgan.

Pokiston tomonidan esa, DAWN nashriga ko‘ra, 7 nafar yarador, jumladan, 2 nafar voyaga yetmagan shaxs kasalxonaga yotqizilgan.

Chegaradagi qurolli to‘qnashuvlar sababi ochiqlanmagan. Ayrim manbalarga ko‘ra, kelishmovchiliklarga Tolibon hukumatining Paktiyani Nangarhor va Logar orqali Kobul bilan bog‘laydigan yo‘l hududining bahsli qismida faollashgani sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 13-noyabr kuni Qandahor viloyatining Spin Buldak tumanidagi chegara punktida noma’lum sababalarga ko‘ra boshlangan otishma 14-noyabr kuni mazkur chegara punktida Tolibon harbiysi ekanligi aytilgan shaxsning pokistonlik chegarachilardan birini otib o‘ldirgani va yana ikki kishini yarador qilgani bilan davom etgan va 15-noyabr kuni qurolli to‘qnashuv Xarlachi nazorat punktiga ko‘chib, u yerda ham bir necha soat davom etgan edi.

Oxirgi to‘qnashuv 20-noyabr kuni kuzatilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring