Plastikdan 100 mln. so‘m yechib olgan «valyutafurush» qo‘lga tushdi
Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent kichik xalqa yo‘lida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.S. fuqaro S.X.ga jami 10.000 AQSh dollarini, har bir AQSh dollarini 8 500 so‘mdan hisoblab sotishga kelishib, evaziga uning plastik kartasidan 100 mln. so‘m mablag‘ni yechib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter