Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Plagiatlikda ayblangan vazir iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi

Plagiatlikda ayblangan vazir iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi

Foto:«Republika»

Avstriya mehnat, oila va yoshlar ishlari vaziri Kristine Ashbaxer dissertatsiyasini yozish paytida plagiatda ayblanib, iste’foga chiqdi. Bu haqda departament matbuot xizmatiga asoslanib, DW xabar berdi. 

«OAV va siyosiy raqiblar tomonidan oilam hamda menga nisbatan bosim va adolatli tekshirish jarayonini o‘tkazishga xalaqit berishni ko‘rmoqdaman. Shu sababli, men o‘z lavozimimdan voz kechaman », - degan Ashbaxer.

Ashbaxerga nisbatan plagiatlik aybi mustaqil ekspert tomonidan ilgari surilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ashbaxerning dissertatsiyasining ba’zi qismlari maxsus havolalar berilmasdan ko‘chirilgan.

Ashbaxer 2006 va 2020-yillarda himoya qilgan dissertatsiyalarida kamchiliklar mavjud. U shuningdek, nemis tilini yetarli darajada bilmaslikda ham ayblandi. 

Siyosatchining o‘zi ayblovlarni qat’iyan rad etdi. 

2020-yil noyabrda shuningdek, germaniyalik vazir Fransisk Giffay ham ko‘chirmakashlikda ayblanib, ilmiy darajasidan mahrum etilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring